Oktyabrda Quyosh tutiladi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu 2023 yildagi so‘nggi Quyosh tutilishi hodisasidir. Ushbu jarayonda Quyosh halqa shaklida tutiladi. Ya’ni Oy Quyosh nurini to‘liq to‘sib qo‘ymaydi, balki uning faqat markazini berkitib, yorqin halqa effektini hosil qiladi. 

Ushbu jarayon taxminan 5 daqiqa 17 soniya davom etishi kutilmoqda. AQSH, Markaziy Amerika, Kolumbiya va Braziliya aholisi ushbu astronomik hodisani kuzatishi mumkin. Ammo astronomik hodisani himoya vositalarisiz oddiy ko‘z bilan tomosha qilish xavfli. Shu sababli qiziquvchilar uchun himoya plyonkali optik uskunadan foydalanish tavsiya etiladi.

Quyosh tutilishi Tinch okeanidan boshlanib Karib dengizi ustida tugaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, dunyoning yirik rasadxonalari ushbu voqeani to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Quyosh yuzasida sodir bo‘lgan ketma-ket ikkita kuchli portlashlar geomagnit bo‘ronini keltirib chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy Er quyosh tutilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing