Oq uyga kirgunimcha G‘azodagi asirlar qo‘yib yuborilmasa, javobgarlarning jazosi og‘ir bo‘ladi – Tramp
Olam
−
03 dekabr
6825AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 2024 yil 20 yanvar kuni o‘z lavozimiga kelgunga qadar G‘azodagi isroillik asirlar ozod qilinmasa, jiddiy choralar ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Trampning bu bayonoti amaldagi Prezident Jo Baydenning Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarining samarasizligini tanqidi fonida aytilgan.
“Agar asirlar 2025 yil 20 yanvargacha, ya’ni men AQSH prezidentligiga kirishgunimga qadar ozod qilinmasa, barcha javobgarlarga nisbatan katta jazo bo‘ladi” degan u.
Shuningdek, Tramp AQSH hukumati urushning 1 yildan ortiq davom etayotganiga qaramay, Isroil va HAMAS o‘rtasida doimiy tinchlikni yo‘lga qo‘ya olmaganini qoralagan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, G‘azoda HAMAS tomonidan 101 nafar garovga olingan odam bor va ularning yetti nafari Amerika fuqarosi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampga tashqi siyosat, xususan, Yaqin Sharq bo‘yicha maslahatlar beradigan Lindsi Grem saylangan prezident garovga olinganlarni ozod qilish va urushni imkon qadar tezroq tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilishini istashini ma’lum qilgandi. Gremning ta’kidlashicha, Tramp Isroil va Saudiya Arabistoni orasida aloqalarni normallashtirishdan oldin G‘azo bo‘yicha kelishuvga muhtoj.
LiveBarchasi