Oq uy Rossiyaning Kursk uchun o‘ch olishidan xavotirda – WSJ
Olam
−
12 avgust
8437AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga qilgan hujumi uchun Rossiya Ukrainadan shafqatsiz qasos olishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Amerika rasmiylari Kiyevning xavfli operatsiyasiga javoban Rossiya Federatsiyasining Ukrainaning muhim infratuzilmasiga ommaviy zarba berishidan qo‘rqmoqda. Kurskka bostirib kirilishining xavfi shundan iboratki, Ukraina Qurolli kuchlari frontning barcha bo‘limlarida o‘z pozitsiyalarini doimiy ravishda yo‘qotishda davom etmoqda.
“Kursk viloyatiga hujumning yakuniy maqsadi noaniqligicha qolgan, chunki Ukraina qo‘shinlariga ham odam, ham qurol-yarog‘ yetishmaydi va sharqda Kiyev qo‘shinlari Rossiyaning oldinga siljishini ushlab turishda qiynalmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tahlilchilar Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi sabablarini Kiyevning 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan Amerika prezidentlik saylovlari oldidan AQSH e’tiborini jalb qilish istagi bilan izohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Rossiyaning Kursk viloyatidagi vaziyatga e’tibor qaratib, mojaroni yumshatishga chaqirgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi