Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni qabul qilishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Endilikda oilaviy bog‘chalar 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha, 14 iyul kuni qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan:

a) oilaviy nodavlat bog‘chalarda:

•    qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
•    tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
•    tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi;

b) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda, oilaviy bog‘chalarda:

•    byudjetdan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
•    ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.

s) tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bog‘chalarga ham to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktabgacha ta'lim tashkiloti

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing