Nukusda bog‘cha opa bolalarni shippak bilan kaltakladi (video)
3-sahifa
−
06 fevral
5269Kecha, 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalarni shippak bilan urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, videolavhada aks etgan holat 2024 yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S. lar tomonidan sodir etilgan.
Ushbu holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Solnishko” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i singan edi. Bolaga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan.
LiveBarchasi