“Tanzilandiya” xususiy bog‘chasida bolalar kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘cha tarbiyachilari bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani matbuot kotibi Dilnoza Yusupova bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 fevral kuni 7 nafar ota-ona xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan farzandlariga nisbatan tarbiyachilar qo‘pol munosabatda bo‘layotganini bildirib, qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilgan.

Bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan 3 nafar tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tarmoqlarda sizdirilgan xabarlarda ota-onalardan biri farzandining xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni sezgani, nima bo‘layotganini tushunish maqsadida farzandining o‘yinchog‘iga ovozni yozib oluvchi moslamasini o‘rnatib, bolani bog‘chaga yuborgani aytilgan. Sakkiz soatlik audio yozuvda bog‘cha tarbiyachilari noxush so‘zlar bilan gaplashib, bolalarni bir necha bor kaltaklagani eshitilgani aytilgan. Shuningdek, tarbiyachilar bolalarni sport zali, kiyinish xonalari va faollar zalida kaltaklagani, ammo ota-onalar uchun video kuzatuv mavjud bo‘lgan xonalarda tinch va yaxshi muomalada bo‘lgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz,  Yunusobod tumanidagi “First Daycare” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2025 yil 21 fevral kuni tarbiyachi S.A. va tarbiyachi yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlagani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bog'cha tarbiyachi maktabgacha ta'lim tashkiloti Tanzilandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing