Toshkentda bog‘cha rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
27 mart
7009Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari 4 ta maktabning futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumta’lim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi bilan o‘zaro til biriktirgan holda maktabda faoliyat yurituvchi o‘qituvchini tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etilgan edi.
LiveBarchasi