Og‘ir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempionatida 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining kecha, 24 iyulga belgilangan bahslarida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi supaga chiqdi.

Ularning barchasi shohsupaga ko‘tarildi. Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida barcha yo‘nalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nurbol ikki kurash yakuni bo‘yicha 316 kg (145+171) og‘irlikni bo‘ysundirdi.

Osiyo chempionatida +81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xushnoza Xoliqova barcha yo‘nalishlarda sovrindor bo‘ldi va 3 ta bronza medalga ega chiqdi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3 ta oltin, Qudratbek Salimjonov esa 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ham ishtirok etgan Qudratbek Salimjonov 3 ta kumush medalni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Og'ir atletika

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing