OFK “Nasaf”ni jarimaga tortdi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qarshining “Nasaf” klubini jarimaga tortdi.

Qayd etilishicha, bunga jamoaning 2021 yilgi OFK kubogi doirasidagi Gonkongninng “Li Man” klubiga qarshi uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya etmagani asos bo‘lgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlarida keltirilishicha “Nasaf” va “Li Man” jamoalari o‘rtasidagi bahsda bir qator qoidabuzarliklar qayd etilgan:

Unga ko‘ra:

– 320 nafar muxlis futbolchilar zaxirasi uchun mo‘ljallangan joyga o‘tirgan;
– 2 nafar muxlis hakamning yakuniy hushtagi chalinganidan keyin maydonga tushib ketgan;
– klub xavfsizlik bo‘yicha o‘z zimmasidagi vazifalarni ta’minlay olmagan;
– maydon atrofida akkreditatsiyasi yo‘q shaxslar yurgan;
– tomoshabinlar stadionda tamaki chekkan.

OFKning Tartib-intizom qo‘mitasi ushbu holatlarni o‘rganib chiqib, qaror chiqargan:

Qarorga muvofiq:

1. “Nasaf” tartib-intizom kodeksining 22.2 bandini buzgani uchun 28 ming AQSH dollari miqdorida jarima to‘laydi;
2. Tartib-intizom kodeksining 34.1 va 34.3 bandlarini buzgani uchun shartli ravishda (!) 21 ming AQSH dollari miqdorida jarima. Bu band agar yaqin 2 yil ichida shu holat qayta takrorlansagina faollashadi;
3. Tartib-intizom kodeksining 1-paragrafi bo‘yicha 90 kun ichida 7 ming AQSH dollari to‘lash majburiyati belgilangan.

Bundan tashqari, shung o‘xshash holat yana qaytarilsa, bundan ham qattiqroq chora ko‘rilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Qarshi jamoasi OFK kubogi finaliga qadar yetib borgan va Bahraynning “Al Muharraq” klubiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. “Paxtakor” va OKMK esa Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf OFK kubogi Al Muharraq

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing