“Nasaf” va “Andijon”ning Elit OCHL va OCHL 2 dagi taqvimi aniq bo‘ldi
Sport
−
16 avgust 4663 2 daqiqa
Avvlaroq, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Elit Osiyo chempionlar ligasi va Osiyo chempionlar ligasi 2 ning guruh bosqichiga qur’a tashlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu turnirlarning guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ilk turda Qarshining “Nasaf” klubi joriy yilning 15 sentyabr kuni amaldagi chempoin “Al-Ahli”ga qarshi mehmonda to‘p suradi.
“Nasaf” jamoasining rasmiy taqvimi:
- 1-tur – 15 sentyabr. “Al-Ahli” – “Nasaf”
- 2-tur – 29 sentyabr. “Nasaf” – “Al-Hilol”
- 3-tur – 21 oktyabr. “Shabab al-Ahli” – “Nasaf”
- 4-tur – 3 noyabr. “Nasaf” – “Al-Vahda”
- 5-tur – 24 noyabr. “Nasaf” – “Traktor”
- 6-tur – 23 dekabr. “Al-Ittihod” – “Nasaf”
- 7-tur – 9 fevral. “Nasaf” – “Ash-Shorta”
- 8-tur – 16 fevral. “Sharja” – “Nasaf”.
OCHL 2 musobaqasida ishtirok etayotgan “Andijon” jamoasi ham guruh bahslarlarini qaysi kunlari o‘tgazishi malum qilindi.
“Andijon” jamoasining o‘yinlar taqvimi:
- 1-tur – 17 sentyabr. “Arkadag‘” – “Andijon”
- 2-tur – 1 oktyabr. “Andijon” – “Al-Ahli”
- 3-tur – 22 oktyabr. “Andijon” – “Al-Xolidiya”
- 4-tur – 5 noyabr. “Al-Xolidiya” – “Andijon”
- 5-tur – 26 noyabr. “Andijon” – “Arkadag‘”
- 6-tur – 24 dekabr. “Al-Ahli”- “Andijon”.
Live
Barchasi