Rasman! Ronaldu Toshkentga keladi
Sport
−
13:40 4057 1 daqiqa
Bugun, 18 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Elite Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasiga qur’a tashlanadi. Toshkentning “Paxtakor” klubi Elit OCHL musobaqasining 2026-2027 yilgi mavsumida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga qarshi bahs o‘tkazadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, “Paxtakor” va “An-Nasr” Osiyodagi eng nufuzli klublar musobaqasining G‘arb mintaqasi liga bosqichida o‘zaro to‘qnash keladi.
Ushbu bahsning Toshkentda o‘tkazilishadigan bo‘ldi. “An-Nasr” safida jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu to‘p tepadi.
“An-Nasr” dan tashqari “Paxtakor” liga bosqichida “Istiqlol”, “Al Ahli”, “Al Fors”, “Traktor” va “Al Hilol” jamoalari bilan ham to‘qnash keladi.
Shu tariqa, “Paxtakor” yangi mavsumda Osiyoning eng kuchli klublaridan biri – “An-Nasr”ni Toshkentda qabul qiladi. Uchrashuvning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni “Paxtakor” Elit OCHLning asosiy bosqichigayo‘llanma olgan edi. Toshkentliklar saralash bahsida Iordaniyaning “Al-Husayn” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Dostonbek Hamdamov dubl qayd etgan bo‘lsa, Bashar Resan yana bir gol urgan.
Live
Barchasi