Odamlarni qutqargan it otib o‘ldirildi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Atirau viloyatida Pshon laqabli qahramon it noma’lum shaxslar tomonidan otib tashlandi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Pshon laqabli it bahorda butun Qozog‘iston bo‘ylab suv toshqinlari paytida qum to‘siqlarini qurishda yordam bergani bilan mashhur bo‘lgan. Itning Zamzagul ismli egasi nashr muxbiri bilan suhbatda itning o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Uning aytishicha, Pshon joriy yilning 28 noyabr kuni otib tashlangan. Tug‘ilganidan boshlab it Atirau viloyatining Sarito‘g‘ay qishlog‘ida Zamzagulning oilasida o‘sgan.

“Itimiz hovlidan tashqariga chiqqandi, keyin u darrov uyga qaytdi, afsuski, noma’lum kishilar uni o‘qqa tutdi va itimni o‘ldirdi. Bu biz uchun, qishlog‘imiz uchun – katta yo‘qotish”, degan itning egasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi oxirlarida Qozog‘istonning ayrim viloyatlarida qorning kuchli erishi oqibatida suv bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgandi va ko‘plab qishloqlarni suv bosgandi. 27 mart kuni mamlakatning bir qancha viloyatlari – Abay, Uralsk, G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be viloyati, Oqmo‘la, Qo‘stanayda favqulodda holat e’lon qilingandi. O‘sha kuni jami 600 dan ortiq odam evakuatsiya qilingandi. 1 aprel kuni esa mamlakatda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish doirasida Qozog‘istonning 12 viloyatidagi suv toshqini zonalaridan 12 ming 701 kishi, jumladan 4 ming 728 nafar bolalar evakuatsiya qilingandi. 7 aprel kuni esa Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Qaharmon Orazalin Atirau, Oqmo‘la, Aqto‘be, Qo‘stanay, G‘arbiy Qozog‘iston, Shimoliy Qozog‘iston va Pavlodar viloyatlarida 3686 ta xususiy uy, 557 ta hovli va 1822 ta bog‘ uylarini suv bosganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston it suv toshqinlari Atirau viloyati Pshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing