3 ta eng “qo‘rqinchli” davlat nomi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Pew Research Center tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, dunyo mamlakatlari orasida eng ko‘p tahdid soluvchi deb topilgan davlatlar uchligiga Xitoy, Rossiya va AQSH kirdi. Tashkilot bu haqdagi tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda global siyosiy o‘zgarishlar fonida ko‘plab mamlakatlarda ittifoqchilar va dushmanlar haqidagi qarashlar sezilarli darajada o‘zgargan. So‘rovda ishtirok etgan turli mamlakat fuqarolari eng ko‘p tahdid soluvchi davlatlar sifatida Rossiya, AQSH va Xitoyni tilga olgan. Shu bilan birga, AQSH ko‘plab davlatlarda eng yaqin ittifoqchi sifatida ham qayd etilgan.

Pew Research Center tahlil markazi mutaxassislari respondentlardan qaysi davlatni eng muhim ittifoqchi, qaysi birini esa mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilishini so‘ragan. So‘rovda Rossiya va Ukraina ishtirok etmagan, biroq 25 mamlakatdan 32 ming kishining fikri o‘rganilgan. Qayd etilishicha, odamlarning tahdid haqidagi qarashi ko‘pincha ularning geografik joylashuviga bog‘liq.

Masalan, Yevropaning 10 ta davlatidan 8 tasida respondentlar Rossiyani o‘z mamlakati uchun eng asosiy tahdid deb atagan. Jumladan, Polshada 81 foiz, Shvetsiyada 77 foiz, Germaniyada 59 foiz, Niderlandiyada esa 57 foiz respondent Rossiyani tahdid deb ko‘rmoqda.

Ispaniyada (NATO a’zosi) aholining birdek ulushi AQSH va Rossiyani xavf sifatida ko‘rsatgan. Gretsiyada esa atigi 3 foiz respondent Rossiyani asosiy tahdid deb bilgan, aksariyat (74 foiz) esa qo‘shni Turkiyani tahdid deb hisoblagan.

Boshqa tomondan, AQSHga qo‘shni yoki yaqin bo‘lgan mamlakatlar ko‘proq uni xavf deb biladi. Jumladan, Meksikada 68 foiz, Kanadada 59 foiz, Braziliyada va Argentinada esa 24 foiz aholi AQSHni birinchi raqamli tahdid sifatida tilga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Pew Research Center

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing