OCHL. “Nasaf”da durang, “Navbahor” esa g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 6 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Tur doirasida O‘zbekistonning 2 ta jamoasi – “Nasaf” hamda “Navbahor” klublari maydonga tushdi.

Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uylarida BAAning “Sharja” klubini qabul qilgan bo‘lsa, Namanganning “Navbahor” klubi mehmonda Eron jamoasiga qarshi bahs olib bordi. 

Tehron shahrida o‘tkazilgan “Nassaji Mozandaron” - “Navbahor” uchrashuvida umumiy 4 ta gol urildi. O‘yin yakunida esa gollarning 3 tasiga mualliflik qilgan Samvel Babayan shogirdlari eronliklar ustidan g‘alaba qozondi. 

“Nassaji Mozandaron” - “Navbahor” 1:3. 

Gollar: Igor Golban 7', Oston O‘runov 21', 46', Muhammad Rizo Ozdi 68'.

Shuningdek, kunning ikkinchi muhim uchrashuvida o‘z maydonida “Sharja”ni qabul qilgan “Nasaf” 1:1 ko‘rinishidagi durang natija bilan qanoatlandi. 

Birmuncha asabiy o‘tgan o‘yinning 16-daqiqada Marega Eron jamoasining birinchi hujumini golga aylantirib, hisobni ochdi. Bu natija birinchi bo‘limda o‘zgarishsiz qoldi. 

Qarshiliklar ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasiga kelibgina hisobni tenglashtirishdi. Abdurahmatovning zargarona uzatmasini Lima Krus golga aylantirdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida BBA klubi darvozaboni va Alibek Davronov maydondan chetlatildi, biroq 10 kishi bo‘lib qolgan ikki jamoa ham bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

“Nasaf” - “Sharja” 1:1

Gollar: Muso Marega, 16 (0:1), Lima Kruz, 81 (1:1).

Shu tariqa, “Sharja” 8 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi, “Nasaf” esa 7 ochko bilan hamon 2-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 noyabr kuni Olmaliqning OKMK jamoasi Eronning boshqa bir klubi – “Sepaxon”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Navbahor Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made