Ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston “Open Data Watch” tashkilotining ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 30-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot ma’lumotlariga tayanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.

Reytingda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanishiga aholi soni, davlat byudjeti subindikatorlaridagi sezilarli o‘sish sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

  • 2015 yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;
  • 2016 yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;
  • 2017 yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;
  • 2018 yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;
  • 2020 yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni;
  • 2022 yilda 192 ta mamlakat orasida 66 ball bilan 40-o‘rinni egallagan.

Reytingda Singapur, Polsha, Daniya mamlakatlari yuqori pog‘onani egallagan bo‘lsa, Janubiy Sudan, Gaiti, Turkmaniston kabi davlatlar quyi o‘rinda ko‘rsatilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

reyting O'zbekiston ochiq ma'lumotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing