Obameyang “Tottenxem” bilan nima uchun bitim tuzmagan? 

Sport

image

“Arsenal” sardori Per Emerik Obameyang bir necha yil avval “Tottenxem”ga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda gabonlik futbolchining o‘zi “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bir necha yil oldin “Tottenxem” bilan shartnoma imzolashga yaqin turgandim. Nima bo‘lganini bilmayman, lekin hozir “Arsenal” futbolchisiman. “Sent Eten”da o‘ynagan paytlarimda Londonga taklif qilishdi. “Shporlar” bazasiga kelib, bu yerda mashg‘ulot o‘tkazdim va hammasi yaxshi o‘tdi. Biroq ertasi kuni menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi. Biroq voqealar rivoji shu tariqa yakun topganidan xursandman. “Arsenal” futbolchisi ekanimdan faxrlanaman”, deydi Obameyang.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida “to‘pchilar” gabonlik hujumchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Obameyangning o‘yinidan norozi edi. Shuningdek, klub rahbariyati uning maoshini pasaytirmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Oba “kanonirlar” safida 2018 yildan buyon harakat qiladi. Joriy mavsumda 32 yoshli forvard Angliya chempionatining 10 ta uchrashuvida ishtirok etgan va 4 ta gol urib, 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Borussiya Dortmund Arsen Venger Tottenxem Obameyang

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing