Obamaning kitobi savdosida rekord natija o‘rnatildi

Olam

image

AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama muallifligidagi "Va’da qilingan zamin" (A Promised Land) kitobining birinchi jildi sotuvida rekord natija qayd etildi. Bu haqda "Penguin Random House" noshiri bayonotiga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, kitob ilk bor sotuvga chiqarilgan 17 noyabr kunining o‘zida AQSH va Kanadada 887 ming nusxa, shu jumladan oldindan buyurtma qilingan kitoblar sotilgan.

Amerikaning sobiq Prezidenti bu borada rafiqasi Mishel Obamadan oldinga chiqib olgan. Mishelning 2017 yilda chop etilgan "Shakllanish" nomli kitobi sotuvga chiqarilganining ilk kunida 725 ming nusxa sotilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Obamaning "Va’da qilingan zamin" nomli kitobining birinchi jildi 17 noyabr kuni do‘kon javonlaridan joy oldi. 

Avvalroq, Obama kitobida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va sobiq Prezident Dmitriy Medvedev haqidagi fikrlari bilan bo‘lishgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Obama

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing