Harris frontiga tez orada Obama ham qo‘shiladi
Olam
−
26 iyul
6473AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni “NBC News” xabar berdi.
Ikki siyosatchining aloqalaridan xabardor bo‘lgan odamlarga tayangan holda, nashr Obama shaxsiy tarzda Harris nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlagani va u bilan muntazam aloqada bo‘lib kelganini yozmoqda. Ammo Obama jamg‘armasi "Reuters"ning mazkur jarayon haqidagi izoh so‘roviga darhol javob bermadi.
“Obama va Harrisning yordamchilari ikkalasini saylovoldi tashviqotida birga qatnashishlarini ham muhokama qilishdi, ammo sana belgilanmadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, oldinroq demokratlar orasida Obamaning rafiqasi Mishel Obama ham potensial prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rilayotgandi.
Harrisga Demokratlar partiyasi delegatlarining qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘ldi. Bu hol Prezident Jo Bayden o‘zining qayta saylanish taklifidan voz kechganini e’lon qilganidan bir kun o‘tib, darhol ro‘y berdi.
Ma’lumot uchun, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovdagi ishtirokini davom ettirmasligini e’lon qilib, o‘zining o‘rniga vitse-prezident Kamola Xarrisni nomzodini ma’qullaganda, siyosiy arboblar ichida eng birinchilardan bo‘lib Klintonlar oilasi Harrisni qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris "Reuters" va "Ipsos" agentliklari tomonidan o‘tkazilgan milliy so‘rovnomada sobiq Prezident Donald Trampni ortda qoldirdi. Harrisni respondentlarning 44 foizi, Trampni esa 42 foizi qo‘llab-quvvatladi.
LiveBarchasi