Harris mag‘lubiyatini tan olgan holda chiqish qiladi – “Reuters”
Olam
−
06 noyabr 2024 8722 1 daqiqa
Demokratik prezidentlikka nomzod Kamola Harris bugun, 6 noyabr kuni soat 16:00 da saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishi kutilmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Agentlik qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Avvalroq “Reuters” agentligi Harrisning chiqishi mahalliy vaqt bilan 18:00 da bo‘lib o‘tishini bildirgan edi.
NBC telekanali, o‘z navbatida, demokrat o‘zining respublikachi raqibi Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, mag‘lubiyatini tan olmoqchi ekanini xabar qildi.
Telekanal xabariga ko‘ra, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari Jo Bayden ham Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklamoqchi, shuningdek, respublikachini Oq uyga taklif etib, uning inauguratsiyasida ishtirok etish niyatida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025