AQSHdagi prezidentlik saylovlari mamlakat tarixidagi eng qimmat saylovga aylandi – FT
Olam
−
06 noyabr
4021AQSHda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlari mamlakat tarixidagi eng qimmat saylovga aylandi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Demokratik partiyaning Milliy qo‘mitasi va unga aloqador tuzilmalar 2,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga erishdi, shundan 1,9 milliard dollari ishlatildi. Respublikachilar esa jalb qilingan 1,8 milliard dollardan 1,6 milliard dollarini saylov kampaniyasini o‘tkazishga yo‘naltirdi.
Tahlillarga ko‘ra, mablag‘larning qariyb yarmi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda asosan yettita beqaror shtatda (Arizona, Nevada, Viskonsin, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Michigan) reklama uchun yo‘naltirilgan.
Masalan, Pensilvaniyada har ikki nomzod bu maqsadlar uchun 400 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan (taqqoslash uchun, 43 ta boshqa shtatda — 358 million dollar). Pensilvaniya 19 nafar saylovchilar kollegiyasi ovoziga ega, g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz kerak. Bundan tashqari administrativ va operatsion xarajatlar ham bor, Harris bu maqsadlar uchun 250 million dollar, Tramp esa 210 million dollar sarflagan.
Respublikachining barcha xarajatlarining 14 foizga yaqini yoki 100 million dollardan ortig‘i sud chiqimlariga yo‘naltirilgan. AQSHda Trampga qarshi bir nechta ish qo‘zg‘atilgan, xususan, 2020 yilgi saylov natijalariga ta’sir o‘tkazishga urinish bo‘yicha. Iyul oyida Florida sudi siyosatchini maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlashda ayblab, shu ishlardan birini yopgandi.
Hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda prezident, senator va kongressmenlar saylovlari uchun jami 15,9 milliard dollar, 2020 yilda esa 15,1 milliard dollar sarflangan.
LiveBarchasi