Obama Baydenning ikkinchi muddatga saylanishiga yordam bermoqchi
Olam
−
03 avgust 2023
3817Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi Prezident Jo Baydenning ikkinchi muddatga saylanishiga ko‘maklashishga va’da berdi. Bu haqda “The Washington Post” manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Obama va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning iyun oyi oxirida Oq uyda bo‘lib o‘tgan. Unda Barak Obama Jo Baydenni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida uning asosiy raqibi Donald Tramp tarafdorlari tomonidan yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanishidan ogohlantirgan.
Obamaning fikricha, Tramp saylovlarda demokratlar o‘ylaganidan ham jiddiyroq raqibga aylanishi mumkin. Sobiq prezident iqtidordagi partiyadoshiga Trampning kuchli siyosiy mavqeidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Baydenga qo‘lidan kelgan barcha yordamni ayamaslikka va’da bergan.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi kelasi yilning 5 noyabrida o‘tkazilishi belgilangan. Saylovda Demokratlar partiyasidan Jo Bayden, Respublikachilardan esa Donald Tramp qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Donald Tramp uchta jinoiy ish bo‘yicha 78 ta ayblov bilan 561 yillik qamoq jazosi xavfi ostida bo‘lib turibdi. Ammo tahlilchilar uning qamalishiga ishonmayapti. Aksincha, qo‘yilgan ayblovlar saylov oldidan sobiq prezidentning mashhurligini yanada oshirib, uning foydasiga ishlashi ta’kidlanmoqda.
LiveBarchasi