Eron Ukraina samolyotini qanday urib tushirgani videosi tarqaldi

Olam

Eronda “Ukraina xalqaro havo yo‘llari”ga tegishli Boeing 737-800 samolyoti bir emas, ikki raketa bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Shunday taxmin va videoni amerika OAV e’lon qildi.

Eron poytaxti Tehrondan Kiyevga uchayotgan Boeing 737-800 havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay quladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 176 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida Eron, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan.

E’lon qilingan kadrlarda dastlab samolyotga qarata bir raketa uchirilgan. Oradan 30 soniya o‘tib, ikkinchi raketa uchirilgan va u samolyotga tekkanidan keyin oradan biroz vaqt o‘tib havo kemasi yona boshlagan.

Nashrning aniqlik kiritishicha, video eronlik foydalanuvchi tomonidan internet tarmo-iga joylashtirilgan. U Bidkon qishlog‘i yaqinidagi bino tomidan olingan.

Keyinroq "Reuters" agentligi “Fars” agentligiga tayanib, Islom inqilobi posbonlari korpusi video muallifini hibsga olganini ma’lum qildi. Hukumat tekshiruv o‘tkazib, natijasini e’lon qilishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni Ukraina yo‘lovchi samolyoti Tehron yaqinida quladi. 11 yanvar kuni Eron samolyot raketa bilan urib tushirilganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

aviahalokat Ukraina-Eron

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing