OAV: Berdimuhamedov vafot etdi
Jamiyat
−
21 iyul 2019
36709Global tarmoqda, xalqaro ommaviy axborot vositalarida Turkmaniston Respublikasining 62 yoshli Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bu haqda dastlab "Govorit Moskva Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar tarqatgan.
Siyosat arbobi Berdimuhamedov joriy yilning 5 iyulidan keyin na omma oldida, na televideniyeda ko‘rinish bergan. 15 kundan buyon uning yo‘qligi va 15 iyul kuni ta’tilgani chiqqani uning o‘limi haqida xabarlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Turkmaniston tarafi hali ushbu xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, Berdimuhamedovning vafotiga buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Qirg‘iziston Respublikasi rasmiy axborot saytlarida yozilishicha, Qirg‘izistonning Turkmanistondagi elchisi Berdimuhamedovning vafoti bilan bog‘liq xabarlarni tasdiqlamagan.
Gurbanguli Berdimuxamedov 1957 yilda poytaxt Ashxobodda tug‘ilgan. U 2006 yil 2007 yil 14 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti lavozimiga saylangan. Berdimuhamedov 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz to‘plab, uchinchi muddatga qayta saylangan.
LiveBarchasi