NYT Buxoroni 2025 yilda borishga arziydigan shaharlar ro‘yxatiga kiritdi

Jamiyat

image

AQSHning “The New York Times” nashri O‘zbekistondagi Buxoro shahrini 2025 yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta eng yaxshi shahar qatoriga kiritdi.

Buxoro shahri ro‘yxatning 22-pog‘onasini egallagan. Maqolada 2025 yilning kuzida birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.

Biyennale shaharning tarixiy markazida, bir necha asrlardan beri mavjud bo‘lgan karvonsaroylar, diniy maktablar va islom madaniyatining boshqa me’moriy durdonalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, “The New York Times” gazetasi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat ancha osonlashganini qayd etgan.

Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini esa yozuvchi Jeyn Ostinning 250 yilligi munosabati bilan Angliyaning janubi-g‘arbiga uyushtiriladigan safar, Galapagos orollari va Nyu-York shahrining muzeylari egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek tikuvchi ayoli Dilorom Yo‘ldosheva BBC tomonidan tuzilgan dunyoning "100 ayoli" ro‘yxatiga kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro NYT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing