Nursulton Ro‘ziboyevning jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
26 mart
7738O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi 17 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘sha kuni 31 yoshli Ro‘ziboyevga amerikalik 33 yoshli Dastin Shtolsfus raqiblik qiladi. Ro‘ziboyevning bo‘lajak raqibi MMA'da 19-13-6 rekordga ega. Oxirgi jangini Shtolsfus o‘tgan yili noyabr oyida UFC Fight Night turniri doirasida kanadalik Mark-Andre Barrioga qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan.
O‘z navbatida Nursulton Ro‘ziboyev joriy yil fevral oyida amerikalik Erik Makkonikoga qarshi oktagonga ko‘tarilib, raqibini texnik nokautga uchratdi va UFC'dagi 3-g‘alabasini tantana qildi.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Ro‘ziboyev taniqli qozoq MMA ligasiga norozilik bildirib, o‘zbek MMA jangchilari xorijga chiqqanida xavfsizlik masalasida muammolar kuzatilayotganini aytgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



