Nursulton Ro‘ziboyevning raqibi hibsga olindi
Sport
−
14 fevral
9545Joriy yilning 30 mart kuni UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang qilishi kerak bo‘lgan amerikalik Sedrik Dyuma hibsga olindi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Floridada yashovchi ayol eshigini Dyuma taqillatayotganini bildirib, politsiyaga murojaat qilgan.
“Men uning yigiti bo‘lmasam, nima qilaman uni bezovta qilib? ” degan Dyuma ayblovni tan olmay.
Hozirda mazkur ish bo‘yicha 28 yoshli sportchi hibsga olingan va 5 mart kuni uning sudi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Dyuma shu vaqtga qadar UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, 2 tasida zafar quchgan, 1 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan. U oxirgi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan UFC 294 musobaqasida marokashlik Abu Azeytarga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil ovozi bilan g‘alaba qozongan.