Nursulton Nazarboyevning sobiq kelini qamaldi
Olam
−
30 avgust
7545Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldi 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nazarboyevning sobiq kelini “noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish”, shuningdek, “tovlamachilik” va “o‘zboshimchalik” moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Bundan tashqari, uning haydovchisi Madi Botirshayev “noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish” moddasi bo‘yicha to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud qamoq jazosidan tashqari Satibaldidan 2,6 milliard tenge miqdoridagi moddiy zararni, shuningdek, ma’naviy zarar sifatida yana 10 million tengeni undirishga qaror qildi. O‘z navbatida, Botirshayev ham jabrlanuvchiga ikki million tenge ma’naviy zarar to‘lashi zarurligi belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 17 mart kuni Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati Gulmira Satibaldi sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda sodir etgan biznesni bosqinchilik yo‘li bilan egallab olganlikda gumonlanib hibsga olingan edi. Shuningdek, u 2021 yilda byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda va 2017 yilda Olmaota shahrida Universiada ob’ektlariga davlat tomonidan qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining qamoq jazosi yengillashtirilib, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi munosabati bilan qamoq muddatining qolgan qismi ozodlikni cheklash bilan almashtirilgan edi.