Nursulton Nazarboyev koronavirusga chalindi
Olam
−
18 iyun 2020
18428Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga chalindi. Bu haqda Elboshining rasmiy saytida xabar berildi.
Ayni vaqtda Nursulton Nazarboyev izolyatsiyaga olingan.
“Afsuski, Elboshining koronavirusga topshirgan so‘nggi testi musbat natija ko‘rsatdi. Havotirga tushishga sabab yo‘q”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Nursulton Nazarboyev masofadan ishlashni davom ettiryapti.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonni 30 yil davomida uzluksiz boshqargan Nursulton Nazarboyev 2019 yilning 19 mart kuni iste’foga chiqqandi. Shunga qaramay, u Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashining bir umrlik raisi lavozimini o‘zida saqlab qolgan. Bundan tashqari, mamlakat tashqi siyosatini belgilashda ham katta ta’sirga ega.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiy tus olyapti. Bugungacha 15 877 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 100 nafari vafot etgan va 9 902 nafari sog‘aygan.