Qozog‘istonda vaziyat og‘ir. Prezident murojaat bilan chiqdi
Olam
−
17 iyun 2020
37922Bugun, 17 iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika hukumati tomonidan 18 iyun kuni e’lon qilinadigan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
"Fuqarolar tomonidan karantin rejimiga ommaviy ravishda rioya qilinmasligi sababli koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolmoqda, ammo hukumat nazorati ostida. Ertaga hukumat tomonidan epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish choralar, shu jumladan, testlarni kengaytirish e’lon qilinadi", deb yozdi To‘qayev Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Qozog‘istonda bugunga qadar 15,5 mingdan ortiq koronavirus holati tasdiqlandi. 9,7 mingdan ortiq bemor sog‘aydi, 88 ta o‘lim holati qayd etildi. Yaqinda respublikada koronavirusni simptomsiz tashuvchilar alohida-alohida ko‘rib chiqilmoqda, ularning soni 6,1 mingdan oshdi.
Bugun, 17 iyun kuni Qozog‘iston parlamenti Majlisining (quyi palatasi) Spikeri Nurlan Nigmatulin koronavirus bilan kasallangani va o‘zini izolyatsiyaga olgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yeljan Birtanov koronavirus bilan kasallangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi