Nursulton Nazarboyev koronavirusdan sog‘aydi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

“Menda xushxabar bor. Elboshining koronavirusga topshirgan bugungi testi manfiy natija berdi. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev izolyatsiya rejimini saqlash, masofadan ishlash va toza havoda sayr qilishni davom ettirmoqda

U shuningdek, Nursulton Nazarboyevning sayr qilib yurgan suratini ham joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Nursulton Nazarboyev koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

140

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing