Nurafshonda homilador ayol bolasi bilan o‘lishi ortidan SSV tilga kirdi

3-sahifa

image

Avvalroq, bugun, 14 iyul kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘ruqxonada 30 yashar homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qilib, ayol muassasaga olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir, terisi rangpar, sovuq ter bosgan, arterial qon bosimi 70/40 mm simob ustuniga teng, tana harorati 39,5 daraja, tananing shilliq qavatlari ko‘kimtir rangda, karaxt va savollarga aniq javob bera olmaydigan holatda bo‘lganini iddao qildi. 

Aytilishicha, “Gulobod” MFYda yashovchi 1993 yil 28 fevralda tug‘ilgan ayol Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga bugun, 14 iyul kuni soat 06:45 da olib kelingan.  

Vazirlikka ko‘ra, qabul vaqtida unga  “Homiladorlik-2”, 38 hafta tug‘uruq, sepsis, I-II darajali septik shok” dastlabki tashxisi qo‘yilib, zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng navbatchi brigada akusher-ginekologlari hamda anesteziolog-reanimatolog tomonidan barcha zarur reanimatsion muolajalar amalga oshirishga kirishilgan.

“Dastlab ikki tomonlama periferik vena, keyinchalik markaziy vena kateterlanib, markaziy venoz bosim past bo‘lganligi uchun shokka qarshi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlovchi tezkor chora-tadbirlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, bemor o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasiga o‘tkazilgan. Biroq markaziy vena orqali bajarilgan massiv infuzion muolajalar va jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, uning gemodinamikasi tiklanmagan.

Oqibatda soat 07:30 da bemorda klinik o‘lim holati qayd etilgan. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog shifokorlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasi 40 daqiqa davomida olib borilgan, lekin  yurak faoliyati tiklanmagan. Oqibatda soat 08:10 da bemorda biologik o‘lim kuzatilgan”, deyiladi SSV bayonotida.

Bildirilishmcha, ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Hozirda Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan ayolning o‘limi holati bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tug'ruqxona Nurafshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing