Nurafshon yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i xodimlarini qizlar oldida bo‘ralab so‘kdi (audio)
Jamiyat
−
18:09 4849 8 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo‘lim boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonovga tegishli ekanligi aytilgan ovozli yozuv tarqaldi. Unda boshliq xodimlarni ayollar oldida bo‘ralab so‘kkanini eshitish mumkin.
“Ataylab kecha guruhda yozdim. Kim keldi kecha? Kim keldi soat oltiga chaqirganimda?” deya xodimlarga baqirgan ovoz egasi.
Shuningdek, u suhbat avvalidayoq bo‘ralab so‘kinishni boshlagan.
“Mahallangga borsa, ch…san hammang n…y. S…b qoydi ishtoniga. K…laring bo‘qsanlar hammang mana shu yerda. Yoshini bilmaydi, d……b”, deydi u.
Shundan so‘ng, boshliq xodimlarni so‘roqqa tutgan.
Boshliq: Sen-chi?
Xodim: Kecha telefon qilgan paytingiz shoshilinch uydan telefon qilib qoldi.
Boshliq: Sen vapshe k…ng semirmayaptimi sani? Eslay olmayapsanmi, eslatib qo‘yaymi? Yo qaytib chiqmaysan telefon qilganda. S…. kerak bo‘lsa, s…. tashlay hammangni. Bor “lyubboy”ingga chiqqin. “Lyuboying”ga chiq.
Yana bir xodim: Bitta gap aytsam bo‘ladimi? Qizlar chiqib tursa bo‘ladimi?
Boshliq: Turaversin qizlar.
Qizlar: Xo‘p bo‘ladi.
Xodim: Kecha onam telefon qilib qoldi, to‘g‘risi. “Srochna” shifoxonaga yetib bordim.
Boshliq: Nega telefon qilib aytmading?
Xodim: Yig‘ilishda bo‘lganiz uchun telefon qilmadim.
Boshliq: Bilasan haliyam yig‘ilishda o‘tirgandim o‘sha yerda. Yoshlar masalasi bo‘lgani uchun kirib o‘tirdim o‘sha yerda. Nechida keldilaring sanlar? Men nechida kirib ketdim u yoqqa?
Xodimlar: 5:30. 15 takam 5 edi.
Boshliq: Men kirib-chiqib yurdim u yerda. Xohlasalaring men 180 gradusga o‘zgaraman bundan buyog‘iga. Faqat negativga qildiraman senlarni. Sanam faqat anu xotin-qizlarga o‘xshab, bandlikka o‘xshab faqat negativga qildiraman senlarni. Keyi nima bo‘lasanlar? Har payshanba qo‘yib beraman. Yo‘q, mundoq mahallang nimanidir qoyillatib qo‘ygan bo‘lsa ham mayli. Kunlik ma’lum shundoq kelganini rasmga olasan, shundoq qo‘yib berasan. Anu hokim yordamchisi bilan xotin-qizlarni orqasidan o‘tqizib qo‘ysan. Bir soatlik ish man uchun. Sen-chi?
Xodim: Oilaviy masala bor edi, shunga.
Boshliq: O‘rtog‘ing keldimi?
Xodim: Yo‘q. Yig‘ilishdaligingizga telefon qilolmadim. Qaytarilmaydi.
Boshliq: Yo‘q, mayli, men yig‘ilishda edim. Ataylab guruhga yozdim. Qaysi biring munosabat bildirding? Qaysi biring? Kamron, Abbos, bu, ana bu kirib keldi, Ulug‘bek kirib keldi.
Kallalaring kattayu, senlar ana bu gruppaga kelsa, ataylab ochmaysanlar, tepada shunday ko‘rasanlar-da, bo‘ldi, shunday ochmaysanlar-u. Payshanba kuni ko‘ramiz sizlarni. Sizlarni shu paytgacha birontasiga negativga qilib bermay, qo‘y, mana shu oldini olib, mutaxassis yo‘q, yo‘q, faqat o‘rgatay, qilsin, qilsin, qilsin deb. Menga ham kerak emas, sizlarni men yig‘ib olib, sizlar tushunmayapsizlar, o‘shaning uchun yig‘dim men sizlarni. Yig‘ishdan maqsad, chaqirdim sanlarni. Menga darding kerak emas sizlarni bu yerda. Mahallaning ishini qilganlaring yaxshi-ku menga.
Bir oydan beri aytaman ana u Namangan tajribasini. Birortang tushunmaysanlar to‘rtta mahalla. To‘rtta yoshni berib qo‘ygansan, bo‘ldi, muammoli yoshni. Mahallangga hokim borsa bormi yo‘qmi o‘sha yerda? Kamida yuztadan ko‘p oshiq ishsiz yosh topadi.
Sen-chi, Baxtiyor? Qaytaveringlar degan sizlarga topshiriq bo‘ldimi o‘sha yerda? Mana mana bu ikkita qiz o‘tirgan edi. Shoshilinch bo‘ldi, to‘g‘rimi? Yig‘ilish qilib qoldi.
Sen-chi? Sanlarga yoqyaptimi shunaqa sassiq gaplar, yoqyaptimi shunaqa? Ikki soat oldin aytsam, yarim soat kech kelasanlar. Birortangni gapirayotganing yo‘q, mana yarim soat kech kelganlaringni.
Sen-chi, Ro‘zimatilla? Yo yaxshilikka ana u boshqacha bilan javob beryapsanmi sen menga?
Xodim: Men kecha lekin shoshilinch ketib qoldim. Mana bu yoqqa keldim, yettida ketdim, dori olib borishim kerak edi. Bolalarga aytib ketdim. Agar hamma yig‘iladigan bo‘lsa.
Boshliq: Senga nima, bola xo‘jayinmi bu yerda?
Xodim: Yo‘q, siz yig‘ilishda edingiz. Uydagilar telefon qildi, dori olib kel tezroq deb. Olib bordim keyin.
Boshliq: Sanlarni ishlaring chiqsa, menga telefon qilib SMS yozib qo‘yasanlar-ku. Bunaqa paytda eslaringdan chiqib qoladimi sanlarni?
Siz-chi?
Xodim qiz: Men SMS yozganman, javob bermadingiz.
Boshliq: Mana sizlarni hozirgi mana bu kelayotgan suhbatga yig‘adiganim, yoshlar nomzodini olib kirishim kerak-da. Shunaqa qizlar kelyapti, xafa bo‘lmanglar sizlar. Sizlar, sizlarga o‘rnak bo‘lsin. Qizlarni oldingizga olib kiraman, ishlayman deyapti. Ishlayman deyapti, kechgacha. Mayli, turmush o‘rtog‘im biladi, vaziyatni tushunadi deyapti.
Ishga kirayotganinglarda ishlayman, olib boraman deganmisizlar? Oilaviy muammoyim demaganmisizlar? Baxtiyor, sizga ham tegishli. Bunaqa demaganmisizlar?
Sani umuman topib bo‘lmaydi. To‘g‘rimi, Fazliddin?
Xodim: Yig‘ilishda bo‘lganiz uchun…
Boshliq: Boshqa paytlarda telefon qilasan-ku. Mana shunaqa bo‘lyapti, mana shunaqa qilsam bo‘ladimi, deb?
Xodim: Ish masalasida.
Boshliq: Yo‘q, sanlar, bitta narsada, hokim jamoa bilan o‘rgatdi. Sizlarni ana bu dardga qilmayapti-da hokim. Mehnat kodeksi deydi-ku, mehnat kodeksi. Mehnat kodeksiga tushadigan anaqa bo‘lsalaring, qo‘y, arizangni yoz, ket, bo‘ldi deydi. Ket. Hozir arizangni yozgin-da, ket.
Mana sendan keyin ham qiladi, mana yetakchilik qiladi, sendan oldin ham qilib kelgan, sendan keyin ham qiladi bu yerda. Mendan keyin ham, mendan keyin ham rahbarlik qilaveradi. Hech kimga buni boylab ham qo‘ymagan, boshqa narsa ham qilib qo‘ymagan. Rahbarlikni ham, xodimlikni ham, mutaxassislikni ham.
Sen o‘zgarsang o‘zgar. Men senga o‘shanda aytganman boshida. O‘zgarsang o‘zgar. O‘zgarmasang, arizangni yozgin-da, ketgin. Qo‘y, o‘zingni ham qiynama, meni ham qiynama.
Xodim: Boshqa ish qidiryapman, chiqsa ketamiz.
Boshliq: Yo‘q, boshqa ish qidiryapsan-da, to‘g‘ri, Fazliddin, boshqa ish qidiryapsan. Lekin menga mana bu orqaga tortish kerak emas. Bo‘lmasa hozir arizangni yoz, qo‘y, ket. Nima qilasan?
Xodim: Orqaga tortmayapman, topshiriqlarni qilyapman qo‘ldan kelgancha maksimal.
Xodim: Fazliddin, tilimni qichityapsan. Gapirsam gap ko‘p-da hozir bu yerda. O‘zing bilasan, o‘zing bilib turibsan, Fazliddin. Qo‘y, gapirmay o‘sha narsani. Bitta sen emas, hammang oppoq emassanlar bu yerda.
Bo‘ldi, o‘sha sakkizta, o‘nta jadval tashlab qo‘y, bo‘ldi, qildim, men ishni qildim, bo‘ldi, sanlarniki shu. Qaysi biringga yoqmayapti ish? Ma oq qog‘oz. Yoz. Rahbarim qattiqqo‘llik qilyapti menga, shu munosabat bilan arizamni yozaman, deb yoz mana. Yoz.
Xodim: Vaziyat shunaqa bo‘lib qoldi-da. Eng qizig‘i, hamma ish bilan to‘g‘ri kelib qoldi.
Boshliq: Vaziyating bo‘lsa, sen telefon qilasan menga. Menga kiydirmagin unaqa vaziyatingni, tushundingmi? Yoz, Otajon. Yoqmayaptimi ish? Sen-chi? Senga, Baxtiyor? Dilshod? Senga, Ro‘zimatilla?
Xodim: Yoqmaganda bu yerda yurmasdim.
Boshliq: Sizga?
Xodim: Muammo yo‘q, endi kecha shunaqa bo‘lib qoldi. Boshqa payt ishlayapmiz, kecha boshqa paytdagi bilinmayapti.
Boshliq: Qaysi? Qaysi?
Xodim: To‘qqizgacha ham yuribmiz-ku.
Boshliq: Qayerda to‘qqizgacha yuribsiz?
Xodim: Kechadan oldingi kuni to‘qqizgacha yurdik-ku yoningizda, o‘sha aytganingiz uchun. Endi kecha bitta ketib qolganimizga shu bilinib ketyaptimi hozir?
Boshliq: Qaysi to‘qqizgacha? Hasharni aytyapsizmi?
Xodim: Hasharni aytyapman.
Boshliq: Hasharda men bilan o‘tirganing yo‘q.
Xodim: Nima farqi bor? O‘sha siz yoningizda, hammamiz turibmiz-ku siz aytganingiz uchun. Bir og‘iz aytgan gapingizga.
Boshliq: Endi ana bu Xavfsizlik aytganini meni anaqamga yoyapsizlarmi?.
Xodim: Nima farqi bor? O‘sha sizning yoningizda turibmiz-ku biz. Siz boshlig‘imiz bo‘lganingiz uchun. Endi unaqa bo‘lmaydi-da, undan tashqari ham turibmiz. Men gapirsam hozir talashayotgan bo‘laman, to‘g‘ri. Lekin, misol uchun, qachon aytsangiz yoningizda turibmiz-u, yo turmayapmizmi?
Boshliq: Qoyillatyapti-da ko‘pchiliklar.
Xodim: Qo‘yavering endi, bir martaga bo‘lsa, ishlasa qilmaydi-ku.
Boshliq: Nimga qo‘yaman man? Men ertaga hayfsan olsam, qaysi biring turib berasan mana shu yerda menga? Qani, qaysi biring turib berasan? Turib berasanmi? Qani, men hayfsan olsam, turib beradigan menga? Ertalabda? Gapir. Ertalab hayfsan oldim men hokimdan. Bormi turib beradigan menga? Og‘zingni ko‘pirtirib gapirasanlar menga bu yerda. Ishlayotgan bo‘lsalaring, o‘zing uchun ishlayapsanlar, men uchun ishlayotganlaring yo‘q bu yerda. Men ham o‘z oilam uchun ishlayapman, sen ham o‘z oilang uchun ishlayapsanlar. Xuddi mening qornimga ishlayotganday gapirasanlar. Mening topshirig‘immi bu? Hali ham kech emas, mana. Bo‘ldi, yoqmayotgan bo‘lsa, qo‘y, yozlaring, qo‘y. Men shunday aytaman, vakantim shuncha deyman. Boya hokim aytdi. Nechta xodiming bor, dedi. Bir o‘zimman dedim, mutaxassisim ham yo‘q dedim. San yettikchilar bilan gaplashmayapsan dedi. Mana, Javohir aka turibdi o‘sha yerda. Shug‘ullanmayapsan dedi.
Gapiring, qaysi biring gaping bor? Qayerda ko‘p ishlab yuboryapsanlar? Ishlab yuboryapmiz, to‘g‘rirog‘i, men ham sizlar bilan qo‘shilib ishlayapman bu yerda.
Ha, endi ozgina kamroq ishlayotgan bo‘lishim mumkin. 4 yil ishlamadim, to‘g‘rimi? Tashkilotlarning oldida yoshlar umuman o‘rni yo‘q. Muomala madaniyatlari yo‘q. Xafa bo‘malaring. Maftuna, o‘sha kuni ham aytganman, ichki ishlar orqasidan o‘tiribsiz-da, muammolar haqida gapiryapsiz. Men shunday uyalib ketdim, bor-ku. “Daje” men o‘ylab gaplashaman-da Said aka bilan. Bunaqa bo‘lmaydi, u o‘rinbosar.
Xodim: Said aka mening tanishim, o‘shaning uchun men xohlagancha gaplashdim. Men yomon gapirganim yo‘q.
Boshliq: Yo‘q, men rahbaringiz oldizda turibdi-da. Bunaqa qilib gaplashmang.
Xodim: Ayb qidirsangiz-chi, ayb chiqaveradi. Qo‘ying, ayb qidirmang.
Boshliq: O‘zingizda bor narsani gapiryapman men o‘zingizga. O‘zingizda bor narsani aytyapman.
Xodim: Men siznikini sanamayman, qo‘ying.
Boshliq: Sanang, nima, nima aybim bor?
Boshqa xodimlar: Bo‘ldi qilinglar.
Boshliq: Nima? Yoqmayotgan bo‘lsa, ishlamang, yoz arizangni, bo‘ldi, nima qilasan?
Xodim: Qo‘ying, bir-birimizning aybimizni qidirmaylik deyapman.
Boshliq: Gapir, bo‘ldi, nima, nima aybim bor?
Boshqa xodimlar: Ey, hammaning aybi bor, bo‘ldi qilinglar, qo‘yinglar.
Xodim: Men umumiy qilib aytyapman. Ayb qidirsang, ayb chiqaveradi hammamizdan.
Boshliq: Sen hozir menga aytyapsan, rahbaringga aytyapsan-ki hozir, aybingizni bilaman deganday qilib aytyapsan.
Xodim: Men sizni aybingizni bilaman demadim, ayb qidirsa ayb chiqaveradi, qo‘ying deyapman. Hozir arzimagan narsaga hammamiz.
Boshliq: Sen nega ikki xil gapiryapsan hozir menga.
Xodim: Sansiramang.
Boshliq: Hurmatingga o‘tiryabsan, sizlagan sari.
Xodim: Men sizga hurmatsizlik qilmadim.
Boshliq: Tilingdan chiqqan gapni eshit sen birinchi hozir.
Shu tariqa boshliq va xodimlar o‘rtasida kelishmovilik kelib chiqqan. Hozircha holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmadi.
Live
Barchasi