Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 15 avgust kuni Qahramon Qodirovich Hakimov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar Qahramon Hakimov “Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Qahramon Hakimov 1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 

Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda "Toshuyjoy LITI" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Avvalroq, Usmon Rahimov Olmaliq shahriga yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Nurafshon Qahramon Hakimov

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing