Nurafshon hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image
“Avlodlarning qalbida qolarsiz inoningiz”. O‘zbekistonda hokimbuvalarga atab qo‘shiq kuylash boshlandi north_east

“Avlodlarning qalbida qolarsiz inoningiz”. O‘zbekistonda hokimbuvalarga atab qo‘shiq kuylash boshlandi

Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Toshkent viloyati hokimligidagi manba xabar berdi.

Qahramon Hakimov 2019 yil avgust oyida Nurafshon hokimi etib tayinlangan edi. 

Qahramon Hakimov 1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 

Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda "Toshuyjoy LITI" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Nurafshon Qahramon Hakimov

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing