Nukusda cho‘kayotgan ayol qutqarib qolindi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) g‘avvoslari kanalda cho‘kayotgan odamni qutqarib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 17 fevral kuni soat 08:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida bir fuqaro cho‘kayotgani to‘g‘risida shu hududdan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi tomonidan FVBga xabar berilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan FVB g‘avvos-qutqaruvchilari fuqaroni qutqargan va darhol birinchi yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan. Shundan so‘ng  tez tibbiy yordam xodimlariga chaqirilib, shifoxonaga yetkazilgan.

Xabarda bemorning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Vobkent tumanida Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nukus FVB g'avvos cho'kayotgan ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing