Buxoroda inspektor o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi (video)
Jamiyat
−
12:34 3965 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Vobkent tumanida Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) profilaktika inspektori o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bedi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha 29 yanvar kuni soat 16:30 larda Vobkent tumani IIB profilaktika inspektori o‘zini daryoga otgan ayolni ko‘rib qolgan. Tezkorlik bilan uni qutqarishga kirishgan xodim ayolni daryo qirg‘og‘iga olib chiqqan va zudlik bilan tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirib, uni shifoxonaga yetkazishgan.
Xabarda yozilishicha, hozirda ayolning ahvoli yaxshi. U aslida G‘ijduvon tumanidan bo‘lib, 4 nafar farzandning onasi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda voyaga yetmagan qizlar “samosud” qilgani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi