Nukusda AI-80 benzinini noqonuniy sotayotgan shaxs aniqlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida AI-80 markali benzinning noqonuniy savdosi bilan  shug‘ullanib kelgan shaxs aniqlanadi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. Nukus shahri Moychilar ko‘chasidagi o‘z xonadonida "yama" tashkil etib, daromad orttirish maqsadida AI-80 markali benzin yonilg‘isining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib  kelganligi aniqlangan. Jami 4 140 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda noqonuniy sotilayotgan 5,6 tonna benzin aniqlangandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nukus benzin AI-80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing