Nukusda 11 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
09 aprel
4377Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida fuqaroni aldab, 11 ming dollar evaziga uni avlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan K.J. aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.
Ta’kidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatidagi Angren shahrida fuqaroni huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollar olgan firibgar ushlangandi.