Nukus voqealari bo‘yicha yana 28 nafar sudlanuvchiga yakuniy ajrim e’lon qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni Oliy sudda Nukus voqealari bo‘yicha 28 nafar sudlanuvchining apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlanib, sudlanuvchilarning 21 nafariga nisbatan belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2023 yil 17 martdagi hukmi ustidan 28 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan mazkur jinoyat ishining ushbu shaxslarga oid qismini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish tugallangan. Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi Oliy sud sudyasi A. Abdukarimov raisligida hamda sudyalar U. Ro‘ziyev va D. Tojiboyevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilgan.

Oliy sudning 2023 yil 12 iyundagi ajrimiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi quyidagicha o‘zgartirildi: 

I. Po‘latov, P. Yesengeldiyev, I. Aytmurotov, I. Saparov, R. Jumaboyev va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar to‘liq qanoatlantirildi.

Bunga ko‘ra, I. Po‘latovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;

P. Yesengeldiyev va I. Aytmurotovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga;

I. Saparov va R. Jumaboyevga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi.

Ularning ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan chegirilib, barchasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Shuningdek, D. Nodirboyev, A. Yesemurotov, Z. Pirjonov, R. Dosimbetov, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, R. Baimbetov, Z. Tojimurotov, K. Yeshjanov, A. Allanazarov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, A. Umrzoqov, A. Sariyev, K. Bekpo‘latov, N. Duysenbayev va ularning himoyachilarining shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

D. Nodirboyev va A. Yesemuratovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil;

Z. Pirjonov, Q. Baxiyev va R. Baimbetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;

R. Dosimbetov va A. Allanazarovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;

N. Bauyetdinovga tayinlangan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil 6 oy;

Z. Tojimurotov va A. Umrzoqovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 7 yil;

K. Yeshjanov, N. Baylepesov va A. Jumabekovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil;

A. Sariyev va K. Bekpolatovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 6 yil;

N. Duysenbayevga tayinlangan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga o‘zgartirildi.

Birinchi instansiya sudi hukmining K. Begaliyev, N. Xabibov, D. Romanov, Sh. Ashirbekov, O. Qurbonov, M. Rahmonov, O. Do‘stnazarov va ularning himoyachilarining shikoyatlari qanoatlantirilmasdan, sud hukmining ularga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Bundan tashqari, sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llagan holda jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan D. Nodirboyev, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, A. Jumabekov, P. Yesengeldiyev, R. Dosimbetov, O. Do‘stnazarov, R. Jumaboyev, Z. Tojimurotovga tegishli mol-mulklar Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishi belgilandi.

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 iyun kuni Oliy sudda Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi ko‘rib chiqilgandi. Unda 31 yanvarda chiqarilgan hukm ustidan 16 nafar sudlanuvchi va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar hamda prokuratura tomonidan hukmning 4 nafar sudlanuvchiga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Nukus voqealari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing