Noyabrning birinchi kunida 224 kishi koronavirusga chalindi – SSV

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekistonda 224 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 570 nafarga yetdi.

Ku davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 231 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 156 nafar bemordan 64 466 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 120 nafar bemordan 263 nafari og‘ir, 69 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing