Noyabr oxirida Toshkentda Prezidentlar to‘planadi

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ma’lum qildi.

“Avvallari qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv o‘tkazilgandi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda bo‘lib o‘tishini istardim. Bu yilgi uchrashuv belgilanganidek, Toshkentda 27 noyabr kuni o‘tkazilishiga umid qilaman", - dedi Nazarboyev.

Nazarboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar bor. Shu sababdan to‘qnashuvlar kelib chiqyapti.

"To‘qnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda", deb ta’kidladi Elboshi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Markaziy Osiyo

Baholaganlar

103

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing