Norvegiya rossiyaliklar uchun mamlakatga kirishni cheklab qo‘yadi 

Olam

image

Norvegiya Ukrainada davom etayotgan urush tufayli rossiyalik sayyohlar uchun mamlakatga kirishni butunlay cheklab qo‘yadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda. 

Arktikada Rossiya bilan deyarli 200 kilometrlik chegara hududiga ega bo‘lgan, NATO a’zosi sanaladigan Norvegiya birinchi marta 2022 yilda Rossiya sayyohlik vizalariga cheklovlar joriy etgandi. Bu safargi cheklov 29 maydan kuchga kiradi. 

“Kirish qoidalarini kuchaytirish to‘g‘risidagi qaror Norvegiyaning Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy bosqinchilik urushiga qarshi ittifoqdosh va hamkorlar tarafdori bo‘lish yondashuviga mos keladi”, deydi Adliya vaziri Emili Mel. 

Bildirilishicha, maqsadlari turizm va boshqa zarur bo‘lmagan sayohatlar bo‘lgan Rossiya fuqarolari tashqi chegara orqali kirishda rad etiladi. Norvegiyada yashovchi yaqin oilalarga tashrif buyurish kabi holatlarda istisnolar berilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 may kuni Norvegiya Falastin mustaqilligini rasman tan olgandi. 

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Norvegiya rossiyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing