Norvegiya G‘azodagi Falastinlik qochqinlar agentligiga yordam berishda davom etadi
Olam
−
28 yanvar
4381Norvegiya bugun, 28 yanvar kuni BMT yordam agentligi (UNRWA)ning ayrim xodimlarining 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumlarga aloqadorligi haqidagi tergovlarini olqishlagan bo‘lsa ham agentlik orqali falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
"Norvegiya UNRWA orqali Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Falastinga xalqaro yordam hozir har qachongidan ham ko‘proq kerak", degan Norvegiyaning Falastindagi vakolatxonasi o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shuningdek, vakolatxona G‘azo sektoridagi vaziyatni halokatli deb atagan, BMT agentligi qamaldagi anklavdagi eng muhim insonparvarlik tashkiloti ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya G‘azodagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi. 2023 yilning 1 noyabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA)gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilib, Falastin xalqi uchun gumanitar yordamga O‘zbekiston 1,5 million AQSH dollari ajratgan edi.
LiveBarchasi