Britaniya G‘azodagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligini moliyalashtirishni to‘xtatdi
Olam
−
28 yanvar
4276Britaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ish bilan shug‘ullanuvchi Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ydi, chunki uning ayrim xodimlari HAMAS harakati bilan aloqadorlikda gumon qilingan. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Biz UNRWAga barcha mablag‘larni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib turamiz, bu tashvishli ayblovlar to‘liq tekshirilgunga qadar davom etadi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq AQSH, Avstraliya va Kanada ham xuddi shu sabablarni ko‘rsatib, agentlikni moliyalashtirishni to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA)gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, Falastin xalqi uchun gumanitar yordamga O‘zbekiston 1,5 million AQSH dollari ajratgan edi.
LiveBarchasi