O‘zbekiston falastinliklarga yordam uchun 1,5 mln dollar ajratdi
Jamiyat
−
02 noyabr 2023 7722 1 daqiqa
Kecha, 1 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Falastin xalqi uchun ajratilayotgan gumanitar yordamga O‘zbekiston 1,5 million AQSH dollari ajratadi. Ushbu mablag‘ falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRVA)ga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Falastin xalqi bilan birdamligini va mamlakatga gumanitar yordam jo‘natilishini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust