Norboyeva Italiya Prezidentiga Registonni ko‘rsatdi

Jamiyat

image

Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Registon maydoniga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Serjo Mattarellaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva hamrohlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella bilan birga O‘zbekistonga kelgandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. Bugun, 10 noyabr kuni ertalab Serjo va Laura Mattarellalar Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Keyinchalik Ko‘ksaroy qarorgohida Italiya Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Ko‘ksaroy qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi. Undan keyin esa ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Registon Serjo Mattarella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made