O‘zbekistonning 3 ta shahri eng go‘zal shaharlar reytingiga kirdi
Bu qiziq
−
20:39 6820 1 daqiqa
Polshaning “National Geographic Traveler” jurnalining maxsus sonida O‘zbekiston shaharlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda Samarqand, Buxoro va Xiva Osiyoning eng go‘zal 30 ta shahri qatoridan joy oldi.
Polshalik jurnalist Agneshka Franus muallifligidagi maqolada O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi hamda Buyuk Ipak yo‘li shaharlarining arxitekturasi yoritilgan. Xususan, UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon ansambli, Shohi-Zinda, Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, shuningdek, Buxorodagi Ark qal’asi va Xivadagi Ichan-qal’a majmualari yuqori baholangan.
Nashrda sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik va transport infratuzilmasi aholida qayd etilgan. Jurnalistning yozishicha, O‘zbekistonda mustaqil turizm uchun qulayliklar yetarli hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi va sifati o‘zaro mutanosib. Shuningdek, mahalliy aholining mehmondo‘stligi ham maqolada o‘z aksini topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyodagi eng qimmat shaharlar reytingi tuzilgandi.
Live
Barchasi