Saida Mirziyoyeva Rubioga Registonni ko‘rsatdi
Jamiyat
−
13:18 1401 1 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘ldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida janob Rubio Samarqand ko‘p asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bugun esa ushbu zaminda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda”, deydi Saida Mirziyoyeva.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Uning bildirishicha, Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqandda o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni NASA bilan hamkorlikni kengaytirishga imkon beruvchi Artemida bitimlarini imzoladi.
Live
Barchasi