Noma’lum shaxs Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosini portlatish bilan tahdid qilmoqda

Olam

image

Kiyevda noma’lum shaxs Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga bostirib kirib, granata portlatish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Ukraina 24” kanali xabar bermoqda

Qayd etilishicha, notanish kishi Hukumat binosiga granata bilan kirib kelgan va bino qurshab olinganini aytgan. U agressiv holatda granatani portlatib yuborishini va binodan tirik chiqmasligini yoki 10 yilga qamalishini aytgan.

Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi binosi maxsus kuchlar tomonidan qurshab olingan.

Ma’lum qilinishicha, erkak Ukrainaning avtonom hududida xizmat qilgan. Siyosatshunos Aleksandra Reshmedilova telekanalning “Bugungi tong” dasturida vaziyatga izoh bergan. 

“Biz taxmin qilishimiz mumkin bo‘lgan narsa shuki, agar ushbu erkak maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lsa, qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Videoda ko‘rib turganingizdek, u bilan kelishishning imkoni bo‘lmayapti. Tushunishimcha, bu psixiologik holat bilan bog‘liq. Agarda u o‘z xohishi bilan granatani topshirmasa, o‘ldirilishi mumkin. Shuningdek, uning xohishlari nima, kim bilan gaplashishni xohlayapti, degan savollar ham tug‘iladi”, deydi siyosatshunos.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing