Nom-nishonsiz ketgan Atamboyev ko‘rinish berdi
Olam
−
28 fevral
14064Internetda Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning yangi surati paydo bo‘ldi. Suratni uning ittifoqchisi, Sotsial-demokratlar partiyasi rahbari Temirlan Sultonbekov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Suratda Almazbek Atamboyev, Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches va Sultonbekovni ko‘rish mumkin.
“Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Ispaniya hukumati rahbari Sanches bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi. Bir qator masalalar muhokama qilindi va doimiy o‘zaro yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, Atamboyev davolanish jarayoni va kutilayotgan muolajalar haqida gapirdi”, deb yozgan muallif surat ostidagi izohda.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda Atamboyev 2013 yilda qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilingani bilan bog‘liq ish yuzasidan 11 yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Bundan tashqari, u 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan tartibsizliklar, korrupsiya va “pul yuvish”, Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bilan bog‘liq ishlar bilan ayblangan.
2022 yil 16 iyun kuni Atamboyev Bishkekdagi Kalis-Ordo turarjoy massivida maktab qurilishi va Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berishga oid jinoiy ish bo‘yicha oqlangan edi.
2022 yil 28 iyun kuni esa Bishkekning Pervomay tuman sudi Atamboyevni 2020 yil oktyabr oyida ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik ishida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli oqlagan.
Almazbek Atamboyev davrida Bosh vazir bo‘lgan Sooronbay Jeenbekov 2017 – 2020 yillarda mamlakat Prezidenti lavozimini egalladi va u boshqaruvga keliboq Atamboyevni qamoqqa tashladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 14 fevral kuni sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyev qamoqdan ozod etildi. Buni mamlakatning amaldagi Prezidenti Sadir Japarov Atamboyevning davolanishga ehtiyoji borligi bilan izohladi.
LiveBarchasi